
Logistika
“EMU Express” kompaniyasi O’zbekiston bo’ylab bojxona masalalarini tezkor hal etish uchun keng qamrovli logistika xizmatlarini, shu jumladan bojxona rasmiylashtiruvi xizmatlarini taqdim etadi. Bizning logistika xizmatimiz yuk tashish xizmati orqali yukingizni mamlakatimizning istalgan joyiga tez va ishonchli yetkazib berishga qaratilgan.
Yuk tashish Damas, VAN, Damas Labo, Forza, Mercedes-Benz Sprinter, Ford, Isuzu, Man rusumli avtomobillar tomonidan amalga oshiriladi.
Biz sizning yukingizni O’zbekiston Respublikasi bo’ylab tez va ishonchli tarzda yetkazib berishni kafolatlaymiz. Bizda professional haydovchilar va yuklovchi xodimlar ishlaydi va sizning yukingiz tezda yuklanadi va belgilangan manzilga yetkaziladi.
Yetkazib berish xizmatlarining narxi yetkazib berish oralig’iga, avtomobil turiga va yuk hajmiga qarab individual ravishda hisoblanadi.
“EMU” kompaniyasi mijozlarning xohish-istaklariga shaxsiy yondoshish bilan ajralib turadi. Biz eng yaxshi yetkazib berish yechimlarini qidiramiz, imtiyozlarga tayyor bo’lamiz va har bir mijoz uchun doimiy ravishda moslashuvchan chegirma tizimlarini ishlab chiqamiz.